Sankt-Peterburgdagi Smolninskiy sudi Dmitriy Bivolning sobiq rafiqasi Yekaterina Bivol tomonidan aytilgan ommaviy bayonot va izohlarni yolg‘on hamda sportchining sha’ni va qadr-qimmatiga putur yetkazuvchi deb topdi. Sud Yekaterinani ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida raddiya (inkor) e’lon qilishga majbur qildi.
Ma’lumot uchun, Yekaterina 2023 yil iyunida 15 yillik birga hayotdan so‘ng Dmitriy bilan ajrashganini ma’lum qilgan. 2024 yil avgustida u Bivolning Artur Beterbiyevga qarshi jangini bekor qilishga chaqirgan, keyin esa Beterbiyevning ochkolar hisobidagi g‘alabasini olqishlagan. 2025 yil fevralida esa Bivol revansh jangida g‘alaba qozongan.
