The Ring jurnali yangilangan Pound-for-Pound reytingini e’lon qildi. Unda ukrainalik superog‘ir vazn chempioni Aleksandr Usik amerikalik Terens Krouford faoliyatini yakunlagach, yana reyting yetakchisiga aylandi.
Ikkinchi o‘rinda Naoya Inoue, uchinchi pog‘onada esa Jessi Rodriges joylashdi.
Eslatib o‘tamiz, Usik 20-iyul kuni Londondagi “Uembli” stadionida Daniel Dyubuani 5-raundda nokaut bilan mag‘lub etgan edi.
1. Aleksandr Usik (Ukraina)
2. Naoya Inoue (Yaponiya)
3. Jessi Rodriges (AQSh)
4. Dmitriy Bivol (Rossiya)
5. Artur Beterbiyev (Rossiya)
6. Junto Nakatani (Yaponiya)
7. Shakur Stivenson (AQSh)
8. Devid Benavidez (AQSh)
9. Devin Xeyni (AQSh)
10. Oskar Kollaso (Puerto-Riko)
