«Men har qanday harakat tarafdoriman» — Aleksandr Bublik
Bublik hayotning o‘zini sevishini, doim harakat va rivojlanish tarafdori ekanini ta’kidladi. Yaqinda rafiqasi bilan Ivan Yankovskiy taklifiga binoan «Vishnyoviy sad» spektaklini tomosha qilganini va aktyorlik mehnatini juda yuqori baholashini aytdi. Shuningdek, u Mariinskiy teatrida «Shchelkunchik» baletini intiqlik bilan kutmoqda.
Bundan tashqari, tennischi banya, futbol va padel o‘ynashni yaxshi ko‘rishini bildirib, hayotda sinab ko‘rmaydigan narsasi yo‘qligini aytdi.
