Kobolli/Benchich Xitoyda g‘alaba qozondi - Sportxabarlari

Elektron pochta: info@sportxabarlari.uz

Kurs UZS: USD 12 136.92 +14.85 EUR 14 191.70 +4.03 RUB 159.99 +3.60

Kobolli/Benchich Xitoyda g‘alaba qozondi

Italiyalik Flavio Kobolli va shveysiyalik Belinda Benchich mikst juftligida Xitoylik Chjan Chjichjen va Van Sinyuyni 6:3, 7:6 (7:3) hisobida mag‘lub etdi.

Shenjen shahrida o‘tkazilayotgan ushbu turnir 26–28 dekabr kunlari davom etmoqda. Turnir qoidalariga ko‘ra, tennischilar ikki jamoaga bo‘lingan: Yevropa terma jamoasi va Dunyo terma jamoasi.
• Yevropa jamoasi tarkibi:
• Polshadan Iga Shvyontek
• Shveysiyadan Belinda Benchich
• Monakodan Valentin Vashero
• Italiyadan Flavio Kobolli
• Dunyo jamoasi tarkibi:
• Rossiyadan Andrey Rublyov
• Qozog‘istondan Yelena Rybakina
• Xitoydan Van Sinyuy va Chjan Chjichjen