Ispaniyalik jurnalist: Alkaras atrofidagilar murabbiy tanloviga ta’sir o‘tkazgan - Sportxabarlari

Elektron pochta: info@sportxabarlari.uz

Kurs UZS: USD 12 136.92 +14.85 EUR 14 191.70 +4.03 RUB 159.99 +3.60

Ispaniyalik jurnalist: Alkaras atrofidagilar murabbiy tanloviga ta’sir o‘tkazgan

Ispaniyalik jurnalist Xose Moron dunyoning birinchi raketkasi, ispaniyalik tennischi Karlos Alkaras atrofidagi muhit uning murabbiyini almashtirish masalasini ko‘tarib chiqqanini ma’lum qildi. Muqobil variantlardan biri sifatida britaniyalik tennischi, sobiq dunyo birinchi raqami, ikki karra Olimpiya chempioni va “Katta dubulg‘a” turnirlarining uch karra g‘olibi Endi Marrey nomi ko‘rib chiqilgan.

«2024 yilda Alkarasda ruhiy charchash (psixologik kuyish) alomatlari yaqqol sezildi. Uning atrofidagilar bu holatning katta qismi Xuan-Karlos Ferrero tomonidan uning karyerasi qanday boshqarilayotgani bilan bog‘liq, degan xulosaga kelishdi. Bu yondashuv Karlos uchun to‘liq mos kelmagan», — deb yozdi Moron ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.

Shunga qaramay, Karlos Alkaras o‘z murabbiyi Xuan-Karlos Ferreroni Endi Marreyga almashtirish fikriga qarshi chiqdi. Keyinchalik esa Endi Marrey Novak Jokovich jamoasi tarkibiga qo‘shildi.