38 yoshli ukrainalik superog‘ir vazn jahon chempioni (WBC, IBF, WBA Super, IBO, The Ring versiyalari) Aleksandr Usik sobiq raqibi Entoni Joshuaga Nigeriyada sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi ortidan qo‘llab-quvvatlash so‘zlarini yo‘lladi.
Avariya Lagos–Ibadan avtomagistralida sodir bo‘lib, Britaniyalik bokschi jamoasining ikki a’zosi — trenerlar Sina Gami va Latif Ayodele halok bo‘lgan. Joshua esa ozgina jarohat olgan.
