Formula-1’dagi Avstriya jamoasi “Red Bull” 2026 yilgi mavsum oldidan yangilangan logotipini namoyish qildi. Logotip deyarli o‘zgarmagan, ammo asosiy yangilik — “Red Bull” yozuvi atrofidagi oq hoshiyaning qaytishi bo‘ldi. Bu element jamoa tomonidan oxirgi bor 2015 yilgi mavsumda ishlatilgan.
O‘tgan mavsumda “Red Bull” Konstruktorlar kubogida 451 ochko bilan uchinchi o‘rinni egallagan. Chempionlikni esa “Mclaren” qo‘lga kiritgan. Avvalroq yangi logotiplarni “Mercedes” va AQShning “Haas” jamoalari ham taqdim etgan.
