Gauff United Cup’da kutilmaganda yutqazdi - Sportxabarlari

Elektron pochta: info@sportxabarlari.uz

Kurs UZS: USD 12 102.39 −33.37 EUR 13 990.36 −77.41 RUB 153.08 −0.32

Gauff United Cup’da kutilmaganda yutqazdi

Amerikalik tennischi, dunyoning uchinchi raketkasi Kori Gauff United Cup musobaqasining guruh bosqichida kutilmaganda mag‘lubiyatga uchradi. AQSh terma jamoasi vakili Ispaniyaning 41-raqamli tennischisi Jessika Buzas Maneyroni yenga olmadi.

Uchrashuv 1:6, 7:6 (7:3), 0:6 hisobida yakunlandi. Gauff birinchi va uchinchi setlarda “bаранка” (0:6) bilan yutqazdi.

United Cup musobaqasida 18 ta davlat terma jamoasi ishtirok etadi. Jamoalar 6 ta guruhga bo‘lingan. AQSh va Ispaniya A guruhida, ushbu guruhdan yana Argentina terma jamoasi ham o‘rin olgan.