Peres: “Red Bull’da tez bo‘lish ham muammo edi” - Sportxabarlari

Elektron pochta: info@sportxabarlari.uz

Kurs UZS: USD 12 136.92 +14.85 EUR 14 191.70 +4.03 RUB 159.99 +3.60

Peres: “Red Bull’da tez bo‘lish ham muammo edi”

Amerikaning “Cadillac” jamoasi uchuvchisi, meksikalik Serxio Peres “Red Bull”dagi faoliyati nega qiyin bo‘lganini ochiq aytib berdi.

Peresning so‘zlariga ko‘ra, jamoada juda tarang muhit hukm surgan:
“Agar sen juda tez bo‘lsang ham — bu muammo edi. Agar men Maks Verstappendan tezroq bo‘lsam, bu darhol muammoga aylanardi. Aksincha holat ham xuddi shunday”, — dedi Peres.

Eslatib o‘tamiz, Serxio Peres 2021–2024 yillarda “Red Bull” safida harakat qilgan. U 2023 yilgi mavsumda Formula-1 vitse-chempioni bo‘lgan. Umuman olganda, Peres “Qirollik poygalari”da 14 mavsum ishtirok etgan.