Ribakina Badrosani mag‘lub etib, Brisben turniri chorak finaliga chiqdi - Sportxabarlari

Elektron pochta: info@sportxabarlari.uz

Kurs UZS: USD 12 102.39 −33.37 EUR 13 990.36 −77.41 RUB 153.08 −0.32

Ribakina Badrosani mag‘lub etib, Brisben turniri chorak finaliga chiqdi

Uimbldon—2022 chempioni, dunyoning 5-raqamli tennischisi Yelena Ribakina Brisben (Avstraliya) shahrida o‘tayotgan WTA-500 turniri chorak finaliga ishonch bilan yo‘l oldi.

U uchinchi bosqichda ispaniyalik Paula Badosani (WTA 25) 6:3, 6:2 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuv 1 soat 26 daqiqa davom etdi. Ribakina 3 eys qayd etib, birorta ham qo‘sh xato qilmagan va 8 breyk-poyntdan 5 tasini muvaffaqiyatli amalga oshirgan.

Chorak finalda Ribakina Karolina Muxova (Chexiya) va Yekaterina Aleksandrova (Rossiya) o‘rtasidagi bahs g‘olibiga qarshi kortga chiqadi.