«Memfis» Morant evaziga yosh futbolchilar va draft piklarini xohlamoqda - Sportxabarlari

Elektron pochta: info@sportxabarlari.uz

Kurs UZS: USD 12 136.92 +14.85 EUR 14 191.70 +4.03 RUB 159.99 +3.60

«Memfis» Morant evaziga yosh futbolchilar va draft piklarini xohlamoqda

ESPN manbalariga ko‘ra, «Memfis Grizzlis» so‘nggi yillardagi jamoa yetakchisi Ja Morantni almashinuv orqali qo‘yib yuborish variantlarini ko‘rib chiqishga tayyor.

Qayd etilishicha, klub uchun asosiy ustuvorlik — Morant evaziga yosh basketbolchilar va draft piklarini olish. 26 yoshli himoyachi bilan tuzilgan amaldagi shartnoma 2028 yilgacha mo‘ljallangan. Joriy yozda u 178 million dollarlik 3 yillik yangi shartnoma uzaytirish huquqiga ega bo‘ladi.

Hozirgi mavsumda Ja Morant o‘rtacha 28,3 daqiqa maydonda bo‘lib, 19,0 ochko va 7,6 assist qayd etmoqda. Biroq uning o‘yin samaradorligi pasaygan: maydondan aniqlik foizi faoliyatidagi eng past ko‘rsatkich — 40,1%, uch ochkolik zarbalarda esa atigi 20,8% ni tashkil etmoqda.