Arman Sarukyan UFC Paddi Pimblettni ataylab chempionlik jangiga olib chiqyapti, deya hisoblaydi - Sportxabarlari

Elektron pochta: info@sportxabarlari.uz

Kurs UZS: USD 12 136.92 +14.85 EUR 14 191.70 +4.03 RUB 159.99 +3.60

Arman Sarukyan UFC Paddi Pimblettni ataylab chempionlik jangiga olib chiqyapti, deya hisoblaydi

UFC yengil vazn reytingida birinchi o‘rinda turgan Arman Sarukyan tashkilot rahbariyati va matchmeykerlarini Paddi Pimblettni ataylab targ‘ib qilishda aybladi. Uning fikricha, UFC Pimblettni foydali loyiha sifatida ko‘rib, uni titul jangigacha yetaklamoqda.

Sarukyan aytishicha, agar u Pimblettga qarshi qo‘yilsa, ingliz jangchisi yutqazib, mashhurligini yo‘qotadi, shuning uchun bunday jang rejalashtirilmayapti. Shuningdek, u Pimblett uchun Geytji bilan jang “oson pul” ekanini, ammo u haqiqiy chempion bo‘la olmasligini va Iliya Topuriyani mag‘lub eta olmasligini ta’kidladi.