UFC sobiq chempioni Konor Makgregor 2025-yil dekabrida Vatikanda bo‘lib o‘tgan to‘yi suratlarini e’lon qildi va bu nikohni ilohiy belgi deb atadi.
U Di bilan 12/12 kuni soat 12:12 da, Vatikanning eng qadimiy cherkovida turmush qurganini aytdi. Qizig‘i, bu sana uning tug‘ilgan kunidan aniq 151 kun o‘tib belgilangan. Makgregor ta’kidlashicha, “Iso Masih” va “Konor Makgregor” ismlari gematriyada bir xil — 151 sonini beradi. Bu raqam 151-Zabur bilan ham bog‘liq.
Makgregorning so‘zlariga ko‘ra, marosim vaqti rejalashtirilmagan bo‘lsa-da, Vatikan iltimosi bilan u aynan 12:12 da bo‘lib o‘tgan. U bu voqealarni tasodif emas, balki Xudoning yo‘naltirishi deb biladi.
“Mening ustuvorligim: avval Xudo, keyin xotinim, farzandlarim va ota-onam”, — deb yozdi Makgregor.
