Arman Tsarukyan: “Menga ideal raqib kerak emas, maqsadim — UFC kamari” - Sportxabarlari

Elektron pochta: info@sportxabarlari.uz

Kurs UZS: USD 12 136.92 +14.85 EUR 14 191.70 +4.03 RUB 159.99 +3.60

Arman Tsarukyan: “Menga ideal raqib kerak emas, maqsadim — UFC kamari”

UFC jangchisi Arman Tsarukyan uchun eng muhim narsa — chempionlik kamarini qo‘lga kiritish, raqibning kimligi esa ikkinchi darajali.

“Mening ideal raqibim yo‘q. Men shunchaki UFC kamarini yutmoqchiman. Umid qilamanki, bu yozda yoki yil oxirida sodir bo‘ladi. Juda intiqlik bilan kutyapman”, — dedi Tsarukyan.

Uning aytishicha, bu yaqin orada ro‘y berishi hali aniq emas, chunki Ilia Topuriya yozda qaytmasligi mumkin. Ma’lumki, divizion chempioni Topuriya oilaviy sabablar tufayli janglarni vaqtincha to‘xtatgan.

Eslatib o‘tamiz, 25-yanvar kuni yengil vaznda vaqtinchalik kamar uchun Jastin Geyji va Peddi Pimbblett o‘rtasidagi jang UFC 324 turniriga boshchilik qiladi.