“Kulaman, lekin uni urib tushirmoqchiman” — Nikita Tszyu Zerafaga qarshi jang oldidan - Sportxabarlari

Elektron pochta: info@sportxabarlari.uz

Kurs UZS: USD 12 136.92 +14.85 EUR 14 191.70 +4.03 RUB 159.99 +3.60

“Kulaman, lekin uni urib tushirmoqchiman” — Nikita Tszyu Zerafaga qarshi jang oldidan

Yengilmas avstraliyalik bokschi, birinchi o‘rta vazn (69,9 kg) vakili Nikita Tszyu 16-yanvar kuni Avstraliyada bo‘lib o‘tadigan Maykl Zerafa bilan jang oldidan fikrlarini bildirdi.

«Oxir-oqibat, men uning yuzini chilparchin qilmoqchiman, u ham menga xuddi shuni qilishni xohlayotganiga ishonaman. Boks — qiziq sport. Hozir xotirjammiz, ammo ikkimiz ham jang qonli to‘qnashuv bilan yakunlanishini bilamiz. Men kulib turibman, lekin uni urishni sabrsizlik bilan kutyapman», — dedi Tszyu matbuot anjumanida.

Tszyu — Zerafa jangi matnli onlayn translyatsiya orqali yoritiladi.