Usman Nurmagomedov PFL chempionligini himoya qilishga tayyorlanmoqda - Sportxabarlari

Elektron pochta: info@sportxabarlari.uz

Kurs UZS: USD 12 136.92 +14.85 EUR 14 191.70 +4.03 RUB 159.99 +3.60

Usman Nurmagomedov PFL chempionligini himoya qilishga tayyorlanmoqda

Yengil vazn (70 kg) PFL chempioni, yengilmas rossiyalik Usman Nurmagomedov britaniyalik Alfi Devisga qarshi 7-fevral kuni Dubayda (BAA) bo‘lib o‘tadigan jangga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

«Jamoam bilan Dubayga yetib keldik, janggacha 4 hafta qoldi. Dunyoning eng yaxshi zalida, eng kuchli jangchilar bilan mashg‘ulot qilmoqdamiz», — deb yozdi Nurmagomedov ijtimoiy tarmoqlarda

Usman Nurmagomedovga 27 yosh. U professional sifatida 2017-yilda debyut qilgan, 2024-yildan beri PFLda ishtirok etadi. Oxirgi jangida, oktabr oyida, Usman irlandiyalik Pol Hyusga qarshi revanishda yakdil qaror bilan g‘alaba qozongan.