UFC yarim yengil vazn (65 kg) chempioni, avstraliyalik Aleks Volkanovski yengil vaznga (70 kg) o‘tish ehtimoli haqida fikr bildirdi.
«Agar taklif tushsa, albatta, yengil vaznda chempionlik uchun jang qilardim. Lekin men o‘zimga halolman: hozir darhol chempionlik uchun jang qilishga loyiqmanmi? Yo‘q. Buni yaxshi bilaman. Bu hozir sodir bo‘lmaydi… Keyingi ikki-uch yil davomida jang qilmoqchi emasman. Menimcha, imkoniyatga ega bo‘lish uchun yana ikki-uch g‘alaba qozonishim kerak», — dedi Volkanovski Ariel Helwani podkastida.
Eslatib o‘tamiz, 31-yanvarda UFC 325 turnirida Volkanovski braziliyalik Diego Lopesga qarshi chempionlik revanshini o‘tkazadi.
