Sobiq vaqtinchalik jahon chempioni Rayan Garsiya (24–2, 1 — NC) navbatdagi jangini o‘tkazadi. Amerikalik bokschi yarim o‘rta vazn (66,7 kg) toifasida Mario Barrios (29–2–2) bilan WBC chempionlik kamari uchun jang qiladi.
Boks oqshomi 21-fevraldan 22-fevralga o‘tar kechasi AQSHning Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, 2025-yil may oyida Garsiya Rolando Romeroga qarshi jangda hakamlarning yakdil qarori bilan mag‘lub bo‘lgandi. Mario Barrios esa so‘nggi ikki jangini durang bilan yakunlagan bo‘lib, ulardan biri afsonaviy Menni Pakyaoga qarshi bahs edi.
Shuningdek, Rayan Garsiya yaqinda jangovar sportlar olamida faol muhokama qilinayotgan shaxslar, jumladan Iliya Topuriya haqida keskin fikrlar bildirgani va “mengа 2–3 yil bering” degan bayonoti bilan ham e’tiborni tortdi.
