Rossiyalik superog‘ir vazn bokschisi Arslanbek Mahmudov Tayson Fyuri bilan jang qilishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi. Uning aytishicha, bu jang u uchun orzudagi to‘qnashuv hisoblanadi.
Mahmudov Tayson Fyurini superog‘ir vazn tarixidagi eng kuchli bokschilardan biri deb atadi va bunday mashhur raqibga qarshi ringga chiqish o‘zi uchun katta sharaf ekanini ta’kidladi.
