«Red Bull» jamoasi Formula-1’ning 2026 yilgi mavsumi uchun mo‘ljallangan yangi bolid livreyasini rasman taqdim etdi.
Taqdimot marosimi Detroyt shahrida, «Ford» kompaniyasining bosh qarorgohida bo‘lib o‘tdi. «Ford» 2026 yildan boshlab «Red Bull»ning rasmiy texnik hamkori hisoblanadi.
Yangi mavsumda avstriyalik jam
oa sharafini Maks Ferstappen va Izak Adjar himoya qiladi.
