«Hech narsa uyqumni buzmaydi». Helmut Marko «Red Bull»ni tark etish afzalliklari haqida - Sportxabarlari

Elektron pochta: info@sportxabarlari.uz

Kurs UZS: USD 12 136.92 +14.85 EUR 14 191.70 +4.03 RUB 159.99 +3.60

«Hech narsa uyqumni buzmaydi». Helmut Marko «Red Bull»ni tark etish afzalliklari haqida

«Red Bull»ning sobiq maslahatchisi Helmut Marko jamoani tark etgach, hayoti ancha sokinlashganini aytdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kelasi mavsumda Maks Ferstappen juda qulay holatda bo‘ladi, biroq tajribali Fernando Alonso ham pilotlar roli oshadigan mavsumda ustunlikka erisha oladi.

«So‘nggi 20 yil ichida birorta Gran-prini televizorda ko‘rmaganman. Hozir esa tinch hayot kechiryapman va bosimni his qilmayapman. Endi mavsumni qiziqish bilan kuzataman, lekin asabiylashmayman — hech narsa uyqumni buzmaydi», — deya Markoning so‘zlarini ORF keltiradi.