«Yuventus» Matetani Vlahovich o‘rniga ko‘rmoqda. «Kristal Pelas» 40 mln yevro talab qilmoqda - Sportxabarlari

Elektron pochta: info@sportxabarlari.uz

Kurs UZS: USD 12 136.92 +14.85 EUR 14 191.70 +4.03 RUB 159.99 +3.60

«Yuventus» Matetani Vlahovich o‘rniga ko‘rmoqda. «Kristal Pelas» 40 mln yevro talab qilmoqda

«Yuventus» «Kristal Pelas» hujumchisi Jan-Filipp Matetani o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Jurnalist Janluka Di Martsio xabariga ko‘ra, Turin klubi 28 yoshli futbolchini Dushan Vlahovichning ehtimoliy o‘rinbosari sifatida baholamoqda va transfer bo‘yicha dastlabki ma’lumotlarni so‘ragan. Qayd etilishicha, ushbu transferni jamoa bosh murabbiyi Luchano Spalletti ham ma’qullagan — unga futbolchi yoqmoqda.

«Kristal Pelas» Mateta uchun taxminan 40 million yevro talab qilmoqda. «Yuventus» esa hozir taklif berish yoki yozgi transfer oynasini kutish masalasida o‘ylab ko‘rmoqda.

Joriy APL mavsumida Mateta 21 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urgan.