NBA chempioni hibsga olindi: mast holda va keskin tezlikda haydagan - Sportxabarlari

Elektron pochta: info@sportxabarlari.uz

Kurs UZS: USD 12 136.92 +14.85 EUR 14 191.70 +4.03 RUB 159.99 +3.60

NBA chempioni hibsga olindi: mast holda va keskin tezlikda haydagan

NBAning ikki karra chempioni, «Los-Anjeles Leykers»ning sobiq forvardi Lamar Odom Las-Vegasda mast holda avtomobil boshqargani uchun qo‘lga olindi. TMZ xabariga ko‘ra, u ruxsat etilgan tezlikdan 65 km/soatga tez harakatlangan va yo‘l bo‘lagini ham saqlamagan.

Faoliyati davomida Odom «Leykers», «Klipperс», «Mayami Hit» va «Dallas Meveriks» klublarida o‘ynagan. U 2009 va 2010 yillarda NBA chempioni bo‘lgan, 2011 yilda esa liganing eng yaxshi oltinchi o‘yinchisi deb topilgan.

2015 yilda Odom og‘ir ahvolga tushib, giyohvand moddalar haddan tashqari iste’molidan so‘ng komaga tushgan, 12 marta insult va 6 marta yurak xurujini boshdan kechirgan. 14 yillik NBA faoliyatida taxminan 115 mln dollar ishlab topgan bo‘lsa-da, 2026 yil boshiga kelib uning boyligi 20–30 mln dollar atrofida baholanmoqda.