«Dukati»da savol ko‘p: Mark Markes bilan kelajak noaniq - Sportxabarlari

Elektron pochta: info@sportxabarlari.uz

Kurs UZS: USD 12 136.92 +14.85 EUR 14 191.70 +4.03 RUB 159.99 +3.60

«Dukati»da savol ko‘p: Mark Markes bilan kelajak noaniq

El Nacional xabariga ko‘ra, «Dukati» bosh direktori Klaudio Domenikali yetti karra MotoGP chempioni Mark Markes bilan shartnomani uzaytirishga hozircha tayyor emas. Bu qaror jamoa direktori Jidji Dallinya va rahbar Davide Tardotsining istagiga zid.

Domenikalining aytishicha, hozircha bozor masalalarini muhokama qilish erta, aniq qarorlar fevral–mart oylarida ko‘rib chiqiladi. U Markes bilan bir qatorda Peko Banyaia masalasi ham ochiq ekanini ta’kidladi.

Manbalarga ko‘ra, Domenikali Markesning yoshi va tez-tez olgan jarohatlari sabab shartnomani uzaytirish borasida ikkilanmoqda. Avvalroq u Xorxe Martin yoki Eneya Bastyanniniga ko‘proq ishonch bildirgan edi.