Toto Volf tan oldi: “Muammolarni oxirigacha hal qila olmadik” - Sportxabarlari

Elektron pochta: info@sportxabarlari.uz

Kurs UZS: USD 12 136.92 +14.85 EUR 14 191.70 +4.03 RUB 159.99 +3.60

Toto Volf tan oldi: “Muammolarni oxirigacha hal qila olmadik”

«Mercedes» jamoasi rahbari Toto Volf texnik reglament o‘zgarganidan keyingi so‘nggi to‘rt mavsumni tanqidiy baholadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, jamoa boshidanoq jiddiy qiyinchiliklarga duch kelgan.

Volfning aytishicha, bir muammo hal qilinayotgan paytda boshqasi paydo bo‘lgan va jamoa bu jarayonda asosiy yechimni topa olmagan. Ayrim umidlar va nazariyalar bo‘lgan, biroq ularning hech biri chempionlik uchun kurashda ustunlik bermagan. Raqiblar esa bu vaziyatdan yaxshiroq chiqib ketgan.