Habib ishonchi baland: “Yanvarda Umar dunyodagi eng kuchlisi ekanini isbotlaydi” - Sportxabarlari

Elektron pochta: info@sportxabarlari.uz

Kurs UZS: USD 12 136.92 +14.85 EUR 14 191.70 +4.03 RUB 159.99 +3.60

Habib ishonchi baland: “Yanvarda Umar dunyodagi eng kuchlisi ekanini isbotlaydi”

UFCning sobiq chempioni va Shon-sharaf zaliga kiritilgan Habib Nurmagomedov jiyani Umar Nurmagomedovning navbatdagi jangi haqida fikr bildirdi. Umar 25 yanvar kuni Las-Vegasda bo‘lib o‘tadigan UFC 324 turnirida braziliyalik Deivison Figeyredu bilan jang qiladi.

Habibning aytishicha, Umar aynan yanvarda jang qilishni o‘zi xohlagan va UFC unga eng kuchli raqiblardan birini bergan. U Umarda hali ham “olov” borligini, aynan shu jihat MMA’da juda muhim ekanini ta’kidladi.

“Yanvarda muxlislar yana bir bor ko‘radi va ishonch hosil qiladi: hozirda Umar engil vaznning cho‘qqisi”, — dedi Habib.