Marokash murabbiyi Senegal bilan mojaroli o‘yin haqida: “Afrika futboli obro‘siga dog‘ tushdi” - Sportxabarlari

Elektron pochta: info@sportxabarlari.uz

Kurs UZS: USD 12 136.92 +14.85 EUR 14 191.70 +4.03 RUB 159.99 +3.60

Marokash murabbiyi Senegal bilan mojaroli o‘yin haqida: “Afrika futboli obro‘siga dog‘ tushdi”

Marokash terma jamoasi bosh murabbiyi Valid Regragi Senegalga qarshi bahsdan keyin o‘yinda yuz bergan mojaroni keskin tanqid qildi.

«Biz yaratgan Afrika futboli qiyofasi juda uyatli bo‘ldi. Butun dunyo ko‘z o‘ngida o‘yinni 10 daqiqadan ortiq to‘xtatishga majbur bo‘lish — bu munosib holat emas. Futbol ba’zan shafqatsiz bo‘ladi: bugun yutqazdik. Finalda imkoniyatlar kam bo‘ladi va ulardan foydalanish kerak. So‘nggi soniyalardagi penalti bizga chempionlikni olib kelishi mumkin edi, ammo bunday bo‘lmadi. Umid qilamanki, bu jamoa yanada kuchli bo‘lib qaytadi», — dedi Regragi (France24).

Eslatib o‘tamiz, Senegal darvozasiga bahsli penalti belgilanganidan so‘ng bosh murabbiy Pap Tiyav jamoani maydondan olib chiqib ketgan. Keyin Sadio Mane futbolchilarni qaytargan, ammo Brahim Dias penaltilarni panenka uslubida ijro etib, to‘pni darvozabon Eduar Mendi qo‘liga yo‘llagan. Qo‘shimcha bo‘limda Papa Geyening goli Senegalga g‘alaba keltirdi.