«Manchester City» Mark Gehini sotib olishga juda yaqin - Sportxabarlari

Elektron pochta: info@sportxabarlari.uz

Kurs UZS: USD 12 136.92 +14.85 EUR 14 191.70 +4.03 RUB 159.99 +3.60

«Manchester City» Mark Gehini sotib olishga juda yaqin

«Kristal Pelas» markaziy himoyachisi Mark Gehi «Manchester City»ga o‘tishga bir qadam qoldi. Futbolchi tibbiy ko‘rikning birinchi bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tdi, deb xabar beradi insayder Fabrizio Romano.

Klublar transfer bo‘yicha kelishuvga erishgan: bitim qiymati bonuslar bilan birga 20 mln funtni tashkil etadi.

Gehi «Chelsi» tarbiyalanuvchisi bo‘lib, 2021 yilda «Kristal Pelas»ga o‘tgan. Uning amaldagi shartnomasi 2026 yil yozigacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda u 33 o‘yinda 3 gol va 3 assist qayd etgan.