UFC yengil vaznidagi britaniyalik jangchi Paddi Pimblyett nega Islom Maxachevni Habib Nurmagomedovdan yuqori deb hisoblashini tushuntirdi.
“Mening orzum shuki, odamlar meni MMA tarixidagi eng buyuk jangchilardan biri deb tanishsin. Bunga erishish uchun ikki divizion chempioni bo‘lish kerak, xuddi Islom Maxachev kabi. Shu sababli u Habibdan yuqori turadi”, — dedi Pimblyett YouTube’dagi Applied Nutrition kanaliga bergan intervyusida.
