UFC’ning yengil vaznidagi britaniyalik jangchi Paddi Pimblyett o‘ziga qaratilgan tanqidlarga qanday qarashini aytib o‘tdi.
“Meni nokaut bo‘ladi deyishadi. Yutganimdan keyin esa raqibimni yomonlashadi. Tanqidchilar shunchaki bahonani o‘zgartiradi. Ammo men baribir g‘alaba qozonishda davom etaman”, — dedi Pimblyett.
Shuningdek, u avvalroq nega Islom Maxachevni Habib Nurmagomedovdan ustunroq deb hisoblashini ham tushuntirgan edi.
