Niderlandiyalik jurnalist Piter Tsvart Ukraina terma jamoasi himoyachisi Aleksandr Zinchenkoning «Ayaks»ga ehtimoliy transferi haqida fikr bildirdi. Uning aytishicha, klub 19 yoshli braziliyalik o‘ng qanot himoyachisi Joao Pedroni emas, balki 29 yoshli Zinchenkoni tanlagani qiziqarli qaror.
Tsvartga ko‘ra, Zinchenko aslida himoyachidan ko‘ra yarim himoyachiga yaqin va aynan hujumda juda foydali. Himoyada esa uning doim zaif tomonlari bo‘lgan. Shunga qaramay, Pep Gvardiola va Mikel Arteta bir fikrga kelgan: eng yuqori darajada uning kamchiliklari jamoaga qo‘shadigan hissasidan ustun kelmaydi. Murabbiylar uning shaxsiyati va jamoaviy rolini ham doim yuqori baholashgan.
Jurnalist Zinchenkoning ijara asosida nega o‘zini ko‘rsata olmaganiga ham to‘xtaldi. Uni «Nottingem Forest»ga mavsum boshidagi bosh murabbiy Postekoglu olib kelgan, biroq u tez orada ishdan bo‘shatilgan. Hozirgi murabbiy Shon Daych esa ko‘proq himoyaviy futbolga tayanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Zinchenko tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Amsterdamga yo‘l olgani xabar qilingandi.
