Sobiq rossiyalik futbolchi Eduard Mor braziliyalik vinger Vinisius Juniorni so‘nggi ikki oyda Madridning “Real” klubidagi eng sust o‘yinchi deb atadi.
— “Vinisius juda yomon o‘ynamoqda. So‘nggi ikki oyda u ‘Real’dagi eng yomon futbolchi bo‘ldi. Uni almashtirishsa, bahslashadi, intervyular beradi. ‘Oltin to‘p’ga da’vogardan muammoga aylandi”, — dedi Mor “Match TV” efirida.
Ma’lumot uchun, joriy La Liga mavsumida Vinisius hisobida 5 ta gol va 5 ta assist bor.
