UFC o‘rta vaznida (84 kg) sobiq chempion Drikus dyu Plessining murabbiyi Morn Visser shogirdining Hamzat Chimaevga qarshi UFC 319 (avgust) turniridagi mag‘lubiyati haqida fikr bildirdi.
— “Biz jang qilishni xohlamagan raqibga tayyorlanmagandik. Chimaev faqat kurashga yopishdi. Agar buni oldindan bilganimizda, Drikusning tayyorgarligini boshqacha qilardik. U kurashda ham yetarlicha kuchli. Chimaev uni yerda ushlab yotdi, jang bo‘lmadi. Hakam ularni bir necha bor tik holatga qaytarishi kerak edi”, — dedi Visser (Fight Forecast).
