Londonning “Arsenal” klubi Chempionlar ligasi 7-turida Italiyaning “Inter” jamoasini 3:1 hisobida mag‘lub etib, musobaqa tarixida APL jamoalari orasida muhim yutuqqa erishdi.
Opta Sport ma’lumotiga ko‘ra, “kanonirlar” ilk bor Chempionlar ligasida ketma-ket 7 ta o‘yinda g‘alaba qozondi. APL klublari ichida faqat “Manchester Siti” bundan uzoqroq g‘alabali seriyaga ega — 10 ta ketma-ket g‘alaba (2023 yil mayidan 2024 yil apreliga qadar).
Hozirda Mikel Arteta shogirdlari Chempionlar ligasi turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. “Arsenal” 21 ochko jamg‘arib, maksimal natijani qayd etdi.
