Madridning “Real” klubi hujumchisi Kilian Mbappe Chempionlar ligasidagi gollari sonini 66 taga yetkazdi. U bu natijaga musobaqaning umumiy bosqichi 7-turida “Monako”ga qarshi o‘yinda (6:1) ikkita gol urib erishdi.
Fransiyalik futbolchi Chempionlar ligasi tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida 6-o‘rinda bormoqda va “Real”ning sobiq hujumchisi Rauldan atigi 5 gol ortda qolmoqda. Raul musobaqada 71 gol urgan. Mbappe esa 92 o‘yinda 66 marta raqib darvozasini ishg‘ol qilgan.
Chempionlar ligasida Mbappe “Real”, “PSJ” va “Monako” safida gol urgan. Turnir tarixidagi eng yaxshi to‘purar esa 140 gol bilan Krishtianu Ronaldu hisoblanadi. Mbappening “Real” bilan shartnomasi 2029 yil yozigacha amal qiladi, uning bozor bahosi esa 200 million yevroga teng.
