Parijning “PSJ” klubi Chempionlar ligasida so‘nggi 12 yil ichida ilk bor Yevropaning top-5 chempionatiga kirmaydigan jamoaga mag‘lub bo‘ldi. Opta xabariga ko‘ra, 20–21 yanvar kechasida parijliklar safarda Lissabonning “Sporting” klubiga 1:2 hisobida yutqazdi.
Bungacha “PSJ” oxirgi marta 2013 yil dekabrida top-5 ligadan tashqaridagi jamoaga — yana bir portugal klubi “Benfika”ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgandi.
Shu tariqa, “PSJ”ning Chempionlar ligasida top-5 ligaga kirmaydigan jamoalarga qarshi 32 o‘yindan iborat mag‘lubiyatsiz seriyasi yakuniga yetdi.
