“Napoli” bosh murabbiyi Antonio Konte Chempionlar ligasining 7-turida “Kopengagen” bilan 1:1 hisobida durang o‘ynaganidan so‘ng fikr bildirdi.
“Biz hafsalamiz pir bo‘ldi. Bu o‘yinda albatta g‘alaba qozonib, pley-offga chiqishimiz kerak edi. Son jihatdan ustun bo‘lgan paytimizda vaziyatni to‘liq nazorat qildik, shuning uchun tarkibdagi yo‘qotishlar yoki charchoqni bahona qilib bo‘lmaydi. Bunday uchrashuvlarni yutib olish shart”, — dedi Konte UEFA rasmiy saytiga.
Mazkur natijadan so‘ng “Napoli” 8 ochko bilan Chempionlar ligasi umumiy jadvalida 23-o‘rinni egallab turibdi. Keyingi turda neapolliklar 28 yanvar kuni o‘z maydonida Londonning “Chelsi” klubini qabul qiladi.
