Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa Chempionlar ligasi 7-turida “Monako” ustidan 6:1 hisobida qozonilgan g‘alabadan so‘ng futbolchilarini yuqori baholadi.
“Men ‘Bernabeu’ni Vinisiusni, Kilian, Jud va barcha futbolchilarni qo‘llab-quvvatlayotganini ko‘rdim. Jamoa juda katta ish qildi. Bu nafaqat chiroyli gollar, balki ulkan mehnat evaziga qo‘lga kiritilgan g‘alaba. Bellingemning qancha yugurgani – aql bovar qilmaydi. Fede va Kamavinga o‘zlariga notanish pozitsiyalarda o‘ynadi, ammo a’lo darajada harakat qildi. Futbolchilarning jamoa manfaatini shaxsiy manfaatdan ustun qo‘yishi meni juda xursand qiladi. Bizga aynan shunday jips va fidoyi jamoa kerak”, — dedi Arbeloa.
Shuningdek, murabbiy ikkinchi bo‘limda maydonga tushgan futbolchilarni, jumladan Dani Karvaxalning qaytishi va Meso debyutini alohida ta’kidladi.
7 turdan so‘ng “Real” 15 ochko jamg‘arib, Chempionlar ligasi jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda.
