Levandovski Chempionlar ligasida Ronaldu va yana uch afsonaning rekordini takrorladi - Sportxabarlari

Elektron pochta: info@sportxabarlari.uz

Kurs UZS: USD 12 136.92 +14.85 EUR 14 191.70 +4.03 RUB 159.99 +3.60

Levandovski Chempionlar ligasida Ronaldu va yana uch afsonaning rekordini takrorladi

«Barselona» hujumchisi Robert Levandovski UEFA Chempionlar ligasida ketma-ket 16-mavsum gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Shu orqali u bu ko‘rsatkich bo‘yicha Krishtianu Ronaldu, Rayan Giggz, Raul va Tomas Myuller bilan tenglashdi, deya xabar bermoqda MisterChip.

Chempionlar ligasida gol urilgan mavsumlar soni bo‘yicha faqat Lionel Messi va Karim Benzema oldinda — har ikkisi hisobida 18 tadan mavsum bor.

Levandovski ushbu natijani umumiy bosqich 7-turida «Slaviya»ga qarshi o‘yinda (4:2) gol urish orqali qayd etdi.

Eslatib o‘tamiz, polshalik futbolchi 2022-yildan beri «Barselona» safida to‘p surmoqda. Uning klub bilan shartnomasi 2026-yilgacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda Levandovski barcha musobaqalarda 23 ta o‘yin o‘tkazib, 11 ta gol va 2 ta assist muallifi bo‘ldi.