Yevropa ligasining umumiy bosqichi yakuniga bir tur qolganida «Lion» turnir jadvalida peshqadam bo‘lib turibdi. 7-tur uchrashuvlaridan so‘ng fransuz klubi 18 ochko jamg‘ardi va birinchi o‘rinni egallamoqda.
Shuningdek, «Aston Villa» ham 18 ochko bilan 2-o‘rinda, «Fрайburg» esa 17 ochko bilan 3-pog‘onada joylashgan. Kuchli sakkizlikdan o‘rin olgan boshqa jamoalar: «Midtyulland» va «Braga» (16 ochko), «Roma» va «Ferenshvarosh» (15), «Betis» (14).
9–24-o‘rinlarda, ya’ni saralash (stykovoy) bosqichi zonasida hozircha «Portu» (14), «Crvena Zvezda» (13), PAOK, «Shtutgart», «Selta», «Bolonya» (12), «Nottingem Forest», «Fenerbahche» (11) hamda «Seltik» (8) joy olgan.
Eslatib o‘tamiz, umumiy bosqichdagi ilk 8 jamoa to‘g‘ridan to‘g‘ri 1/8 finalga yo‘l oladi.
