Yevropa ligasidan muddatidan oldin chiqib ketgan olti klub aniqlandi - Sportxabarlari

Elektron pochta: info@sportxabarlari.uz

Kurs UZS: USD 12 136.92 +14.85 EUR 14 191.70 +4.03 RUB 159.99 +3.60

Yevropa ligasidan muddatidan oldin chiqib ketgan olti klub aniqlandi

2025/2026 yilgi mavsum Yevropa ligasida pley-off bosqichiga chiqish uchun matematik imkoniyatlarini yo‘qotgan olti jamoa ma’lum bo‘ldi.

Quyidagi klublar Yevropa ligasida pley-off zonasi uchun kurashish imkonidan mahrum bo‘ldi:
«Shturm» (4 ochko), «Reyndjers» (4), «Nitssa» (3), «Utrext» (1), «Malmö» (1), «Makkabi Tel-Aviv» (1).

Eslatib o‘tamiz, umumiy bosqich yakunlariga ko‘ra eng yaxshi sakkizta jamoa to‘g‘ridan to‘g‘ri 1/8 finalga yo‘l oladi. 9–24-o‘rinlarni egallagan jamoalar esa saralash (pley-off) bosqichida ishtirok etadi va ushbu bosqich g‘oliblari ham 1/8 finalga chiqadi.

Amaldagi Yevropa ligasi g‘olibi — «Tottenhem» bo‘lib, u o‘tgan mavsum finalida «Manchester Yunayted»ni 1:0 hisobida mag‘lub etgan.