To‘rt karra Formula-1 chempioni Maks Verstappenga tegishli «Verstappen.com» jamoasi 2025 yilgi mavsumda GT World Challenge Europe seriyasida qatnashgan Aston Martin Vantage GT3 EVO avtomobilini sotuvga qo‘ydi. Bu haqda RacingNews365 xabar berdi.
E’londa avtomobilning aniq narxi ko‘rsatilmagan — xaridorlar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar olib borilishi mumkin. Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu poyga mashinasining yangi holatdagi dastlabki narxi 650 ming yevro (taxminan 57,9 mln rubl)ni tashkil etgan. Shassi umumiy hisobda 22 398 km masofa bosib o‘tgan, dvigatel va uzatma qutisi esa mos ravishda 13 520 km va 11 051 km probegga ega.
Aynan shu avtomobilda Kris Lulxem, Tyerri Vermyulen va Garri King chidamlilik yo‘nalishidagi seriyada umumiy g‘alabaga erishgan. Shuningdek, ular Belgiyadagi “24 soat Spa” poygasida ham g‘olib bo‘lishgan.
