Pimblett Oq uyda Topuriya bilan ehtimoliy jang haqida fikr bildirdi - Sportxabarlari

Elektron pochta: info@sportxabarlari.uz

Kurs UZS: USD 12 136.92 +14.85 EUR 14 191.70 +4.03 RUB 159.99 +3.60

Pimblett Oq uyda Topuriya bilan ehtimoliy jang haqida fikr bildirdi

Britaniyalik MMA jangchisi Peddi Pimblett UFC’ning yengil vazn chempioni Iliya Topuriyaga qarshi Oq uyda o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan turnirda jang qilishga qiziqmasligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Oq uyda bo‘ladigan tadbir faqat taklifnoma asosida o‘tkaziladi va bu uning doimo qo‘llab-quvvatlab keladigan yaqinlari ishtirok etishiga imkon bermaydi.

“Yo‘q, men Oq uyda Iliya bilan jang qilaman, deb o‘ylamayman. Bu kartda chiqishni xohlamayman, chunki barcha do‘stlarim va oilamni olib kela olmayman. Tadbir faqat taklifnoma orqali bo‘ladi, men esa hech kimni chetda qoldirishni istamayman”, — dedi Pimblett Maykl Bisping bilan bo‘lgan intervyuda.