«G‘alabaga chanqoq futbolchi» — Arbeloadan Bellingemga yuksak baho - Sportxabarlari

Elektron pochta: info@sportxabarlari.uz

Kurs UZS: USD 12 136.92 +14.85 EUR 14 191.70 +4.03 RUB 159.99 +3.60

«G‘alabaga chanqoq futbolchi» — Arbeloadan Bellingemga yuksak baho

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa yarim himoyachi Jude Bellingemning hozirgi formasini yuqori baholadi.

— Men hozir ko‘rayotganlarim haqida gapiryapman. U ilk kundan boshlab ham mashg‘ulotlarda, ham o‘yinlarda o‘zining texnikasi, yetakchiligi va xarakterini namoyish qilmoqda. So‘nggi uchrashuvda u juda katta mehnat qildi. Bellingem — g‘alabali mentalitetga ega va «Real» futbolchisi bo‘lish uchun zarur barcha fazilatlarni o‘zida jamlagan o‘yinchi. Uning yoshi va tajribasini hisobga olsak, men ayniqsa uning mentaliteti, fidoyiligi va yetakchiligidan juda mamnunman, — dedi Arbeloa klub rasmiy saytiga.

Ma’lumot uchun: La Liganing 20-turidan so‘ng «Real» 48 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda va yetakchi «Barselona»dan atigi 1 ochkoga ortda qolmoqda.