Arbeloa tanqidlarga munosabat bildirdi - Sportxabarlari

Elektron pochta: info@sportxabarlari.uz

Kurs UZS: USD 12 136.92 +14.85 EUR 14 191.70 +4.03 RUB 159.99 +3.60

Arbeloa tanqidlarga munosabat bildirdi

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa o‘ziga qaratilayotgan tanqidlar haqida fikr bildirdi.

— Tanqidlarga kelsak, men xotirjamman va butun e’tiborim ishimgagina qaratilgan: futbolchilarga yordam berish va ularning imkoniyatlarini to‘liq ochish. Meni faqat ertangi o‘yin qiziqtiradi — yaxshi o‘ynash, uch ochkoni qo‘lga kiritish, oxirigacha kurashish va jamoa hamda individual darajada yuqori saviya ko‘rsatish. Qolgan gaplar meni uncha tashvishlantirmaydi, — dedi Arbeloa «Real»ning rasmiy sayti orqali.

Ma’lumot uchun: La Liganing 20-turidan so‘ng «Real» 48 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda va yetakchi «Barselona»dan 1 ochko ortda qolmoqda.