«Galatasaray» «Barselona» yarim himoyachisiga ko‘z tikdi - Sportxabarlari

Elektron pochta: info@sportxabarlari.uz

Kurs UZS: USD 12 136.92 +14.85 EUR 14 191.70 +4.03 RUB 159.99 +3.60

«Galatasaray» «Barselona» yarim himoyachisiga ko‘z tikdi

Turkiyaning «Galatasaray» klubi Madridning «Atletiko» jamoasi bilan birga 22 yoshli Mark Kasadoga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Mundo Deportivo xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, ispaniyalik futbolchi allaqachon «Galatasaray»ga o‘tish variantini rad etgan. Kasado qishki transfer oynasida «Barselona»ni tark etishni istamaydi. Uning shartnomasida 100 mln yevro miqdorida tovon puli belgilangan.

Joriy mavsumda Kasado barcha musobaqalarda 19 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta golli uzatma amalga oshirgan. U bilan tuzilgan shartnoma 2028 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portaliga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 25 mln yevroni tashkil etadi.