Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Xulian Alvaresning agenti Fernando Idalgo OAVda tarqalgan «Barselona» bilan muzokaralar haqidagi ma’lumotlarni inkor etdi.
— Xulianga qiziqish bildirgan har qanday klub «Atletiko» rahbariyati bilan bog‘lanishi kerak, chunki futbolchining amaldagi shartnomasi bor va u klubiga sodiq. Men bu davrda Deko yoki «Barselona»dan boshqa hech kim bilan uchrashmaganman, — dedi Idalgo (Sport.es).
Alvares 2024 yil yozidan beri «Atletiko» safida o‘ynamoqda. Joriy mavsumda u 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol va 5 ta assist qayd etdi. Futbolchi bilan shartnoma 2030 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, uning bozor qiymati 100 mln yevroni tashkil etadi.
