«U eng yaxshi darajada bo‘lishi muhim». «Bavariya» murabbiyi Kompani — Upamekano haqida - Sportxabarlari

Elektron pochta: info@sportxabarlari.uz

Kurs UZS: USD 12 136.92 +14.85 EUR 14 191.70 +4.03 RUB 159.99 +3.60

«U eng yaxshi darajada bo‘lishi muhim». «Bavariya» murabbiyi Kompani — Upamekano haqida

Myunxenning «Bavariya» klubi bosh murabbiyi Vensan Kompani himoyachi Dayo Upamekanoning o‘yini borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

— Men futbolchilar bu yerda o‘zlarini futbolchi sifatida uyidagidek his qilishlarini xohlayman. Upamekano hozir juda barqaror o‘ynamoqda va uning eng yuqori darajada bo‘lishi muhim. Bu har bir futbolchi uchun ustuvor vazifa. Qolgan masalalar esa klub rahbariyati zimmasida, — dedi Kompani klub rasmiy saytiga.

Bundesliganing 18-turidan so‘ng «Bavariya» 50 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.