«Los-Anjeles Leykers» bosh murabbiyi Jey Jey Redik basketbol tarixidagi eng buyuk o‘yinchilar mavzusiga to‘xtaldi. Uning fikricha, turli davrlarni solishtirish qiyin bo‘lsa-da, Maykl Jordan va Lebron Jeyms — shubhasiz, barcha davrlarning eng buyuk ikki basketbolchisi.
Redik Lebron Jeymsning kundalik tayyorgarligiga alohida e’tibor qaratdi. Murabbiyning aytishicha, so‘nggi bir yarim yil davomida u Lebronning mehnatsevarligi va professionalligini yaqindan ko‘rgan. Har bir kuni tanani va ongni keyingi uchrashuvga tayyorlashga bag‘ishlangan Jeyms aynan shu yondashuv tufayli hanuzgacha yuqori saviyada o‘ynamoqda va NBA futbolchilari uchun ideal namuna bo‘lib qolmoqda.
