Manbaga ko‘ra, Angliya Premyer-ligasi “Manchester Siti”ga qo‘yilgan 115 ta moliyaviy qoidabuzarlik bo‘yicha hukmni e’lon qilishni mumkin bo‘lgan oqibatlar sabab cho‘zmoqda. Bu oqibatlar APLga £2,5 mlrd (taxminan €2,8 mlrd) zarar keltirishi mumkin, deya xabar bermoqda The Touchline.
Agar “shaharliklar” chempionatdan chetlatilsa, jamoani Erling Holand kabi yulduz futbolchilar hamda bosh murabbiy Xosep Gvardiola tark etishi ehtimoli bor. Shuningdek, telekanallar APL bilan tuzilgan shartnomalarni bekor qilish huquqiga ega bo‘ladi va bu liga uchun zudlik bilan £2,5 mlrd yo‘qotishga olib keladi.
Eslatib o‘tamiz, APL 2023 yil fevralida “Manchester Siti”ga nisbatan moliyaviy qoidalarni buzish bo‘yicha rasmiy ayblovlar qo‘ygandi. Ish hujjatlarida 115 band mavjud.
